27 noy 10:01
Yangiliklar
Sambo
Sambo. Bugun Namanganda o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlanadi
Bugun Namangan viloyatida 2007-2008 yillarda tug'ilgan yosh sambochilar o'rtasida O'zbekiston chempionatiga start beriladi.
Musobaqada Respublikamizning turli hududlaridan 400 nafardan ziyod yosh sambochi sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradi.
Namangandagi "Pahlavon" sport majmuasi mezbonlik qilayotgan bellashuvlarning 10 ta vazn toifasida o'g'il bolalar, yana 10 ta vazn toifasida esa qizlar medallar uchun bellashadilar.
Qayd etish lozimki, mazkur yosh toifasidagi sambochilar 2025 yilgi Toshkent mezbonlik qiladigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlarida ham ishtirok etadilar. Bu musobaqa orqali murabbiylarimiz vatanimizda o'tkaziladigan nufuzli musobaqa uchun selekciya ishlarini ham olib borishadi.
O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/uzbekistan_sambo
Fikrlar