04 iyu 08:42
Yangiliklar
Sambo. Bugun Toshkentda Osiyo chempionati start oladi
Ushbu musobaqada O'zbekistondan tashqari Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Eron va Iroq mamlakatlaridan sambochilar ishtirok etishadi.
Bahslarda 345 nafar sportchi medallar uchun kurash olib boradi.
Bugun kun davomida quyidagi vazn toifalarida medallar uchun bahslar tashkil etiladi:
Kattalar:
Erkaklar: -58 kg, -79 kg, +98 kg.
Ayollar: -50 kg, -65 kg.
Yoshlar:
Yigitlar: -64 kg, -88 kg.
Qizlar: -54 kg, -72 kg.
O'smirlar:
O'g'il bolalar: -53 kg, -71 kg, +98
Qizlar: -47 kg, -59 kg, -80 kg.
Bahslar soat 10:00dan so'ng boshlanadi. 17:00dan keyin esa birinchi kun dasturidan o'rin olgan finallar va taqdirlash marosimi o'tkaziladi.
Osiyo chempionati O'zbekiston taekvondo WT associaciyasidagi "Universal" sport saroyida o'tkazilmoqda.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimi ertaga tashkil etiladi.
O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar