29 apr 20:28
Yangiliklar
Sambo. Jahon chempionatlari manzili o'zgardi
Bu haqida FIAS ijroqo'm azolari yig'ilishida qaror qabul qilindi.
Sambo bo'yicha kattalar o'rtasidagi 2022 yilgi jahon chempionati Turkmanistonning Ashhabod shahrida, yoshlar o'rtasidagi dunyo birinchiligi esa Bolgariyaning Panagyurishte shahrida o'tkazilishi lozim edi. Biroq ikki mamlakat milliy federaciyalari bahslarni boshqa davlatda tashkil etishni so'rab Xalqaro sambo federaciyasiga murojaat qildi.
Ko'rib chiqilgan takliflardan so'ng Qirg'iz Respublikasi Federaciyasining taklifi qo'llab-quvvatlandi. SHu tariqa, bu yilgi jahon chempionati 11-13 noyabr kunlari Bishkek shahrida tashkil etiladi.
O'z navbatida, yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati esa Armanistonning Erevan shahrida, 14-16 oktyabr kunlari o'tkaziladi.
Fikrlar