25 mar 23:01
Yangiliklar
Sambo
Sambo. Jahon kubogining birinchi kunida 1 ta oltin va 3 ta kumush!
Xabar berib o'tganimizdek, Rossiya poytaxti Moskva shahrida sambo bo'yicha "Memorial Xarlampiev" nomli jahon kubogi bahslari o'tkazilmoqda.
Bugun musobaqaning birinchi kun bahslari tashkil etildi va unda o'zbekistonlik to'rt sportchi shohsupaga ko'tarildi.
Kun yakuniga ko'ra, jangovar sambochimiz Bahodir Bakiev (-58 kg) barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo'ldi. Xomidjon Mo'minov (sportcha sambo, -64 kg), Dilshod CHoriev (sportcha sambo, -98 kg) va Hakimjon Ismoilov (jangovar sambo, +98 kg) finalgacha etib borib, kumush medalga ega chiqishdi.
O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/uzbekistan_sambo
Fikrlar