17 okt 19:55
Yangiliklar
Sambochilarimiz Greciyadagi jahon chempionatini 17 ta medal bilan yakunlab, umumjamoa hisobida ikkinchi bo'lishdi
Jahonning kuchli terma jamoalari qatorida ushbu musobaqada o'zbekistonlik sambochilar ham ishtirok etishdi. Quvonarlisi, musobaqa yakuniga ko'ra, yurtdoshlarimiz 6 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. Ushbu natija orqali sambochilarimiz jahon chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallashdi.
Terma jamoamiz safida quyidagi sportchilarimiz sovrindorga aylanishdi:
Yoshlar:
Oltin:
-64 kg: SHahriyor Mamatqulov
-71 kg: Musoxon Ziyadinov
-50 kg: Sabina Davlatova
Kumush:
-58 kg: Azam Rashidov
-59 kg: Azada Aymuratova
Bronza:
-98 kg: Murod Erkinov
+98 kg: Dilrux Asliddinov
-54 kg: Gulchiroy Ismoilova
-72 kg: Begoyim Xayitova
O'smirlar:
Oltin:
-53 kg: Egambergan Iskandarov
-79 kg: SHaxzodxo'ja SHaripov
-50 kg: Gulhayo Jo'raeva
Kumush:
-47 kg: Ezoza Abdumo'minova
Bronza:
-64 kg: Bexruz Omonov
-88 kg: Mirjalol Normo'minov
-54 kg: SHaxzoda Azatova
-65 kg: Gulina Oblaqulova
O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar