13 noy 12:48
        Yangiliklar	
	
				
				    Sambo			    
				
				
			
				Sambochilarimiz jahon chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi bo'lishdi
Xabar berib o'tganimizdek, 10-12 noyabr kunlari Armaniston poytaxti Erevan shahrida sambo bo'yicha kattalar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tdi.
			Musobaqada ishtirok etgan sambochilarimiz 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi bo'lishdi.
Birinchi o'rinni FIAS bayrog'i ostida qatnashgan rossiyaliklar (13 oltin, 2 kumush, 3 bronza) egallagan bo'lsa, kuchli uchlikka Qozog'iston (1 oltin, 2 kumush va 5 bronza) yakun yasadi.

            Havola            :         
                    Manba                : t.me/uzbekistan_sambo
            
			
Fikrlar