04 noy 06:32
Yangiliklar
Sambochilarimiz Jahon chempionatiga jo'nab ketishdi
Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020 yil 27 oktyabrdagi buyrug'iga asosan sambo bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari mazkur nufuzli dunyo birinchiligida ishtirok etish uchun jo'nab ketishdi.
CHempionatda yurtimiz sharafini jami 24 nafar sportchilarimiz himoya qilishadi. SHuningdek delegaciya tarkibidan 2 nafar murabbiy va 1 nafar delegaciya rahbari o'rin olgan.
Qayd etib o'tish lozimki, Xalqaro sambo federaciyasi fevral oyidan boshlab joriy yilgi taqvim rejadan o'rin olgan barcha musobaqalarni bekor qilgan edi.
Og'ir epidemiologik vaziyat va Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari tufayli Novi-Saddagi SPENS arena mezbonligidagi musobaqalar tomoshabinlarsiz o'tkaziladigan bo'ldi.
Fikrlar