29 okt 20:50
Yangiliklar
Sambo
Sambochilarimiz jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlashdi: terma jamoamiz CHirchiqda yig'inga kirishdi
Xabar berib o'tganimizdek, 12-14 noyabr kunlari Toshkent shahri sambo olamida yilning eng muhim starti - kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
O'zbekiston terma jamoasi kecha CHirchiq shahrida jahon chempionatiga so'nggi tayyorgarlik vazifasini bajarib beruvchi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini boshlashdi.
Terma jamoamiz vakillari ayni paytda Roman SHakirov boshchiligida mashg'ulotlarga kirishgan.
2 noyabrdan boshlab ushbu yig'in xalqaro doirada tashkil etiladi. Aniqrog'i, o'sha kundan boshlab Ukraina terma jamoasi sambochilari yurtimizda terma jamoamiz bilan birga mashg'ulotlar olib boradi.
O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/uzbekistan_sambo
Fikrlar