So’nggi yangiliklar

22:25"Манчестер Сити" Англия кубоги ярим финалига йўл олди, Абдуқодир Ҳусанов 1 тайм ўйнади 0 18:10Чарльз Оливейра: "Топурия шунчаки провокацияга уринмоқда. У ҳурматсизлик қиляпти" 0 17:37"Махачев Топуриядан қўрқмаётганлигини аниқ" - Кормье 0 17:16АПЛ клуби "Реал"дан Арда Гюлерни сотиб олмоқчи 0 16:55"Канелони нокаут қила оламанми? Албатта!" - Теренс Кроуфорд 1 16:34Хорхе Масвидаль битта жанг учун октагонга қайтишга тайёр 0 16:13Боб Арум Дана Уайт ва Турки ал Аш-Шейхнинг янги бокс Лигаси ҳақида фикр билдирди 0 15:52Гризманн Ла Лигада Мессининг рекордини янгилади + ВИДЕО 0 15:31Сауль Альварес Дэвид Бенавидесни кескин танқид қилди 0 15:10Дмитрий Чигирёв: "Мавсум аввалидаги мақсадимизга эришдик" (+ФОТО) 0 14:49Шара Буллет Дрикус Дю Плессини "тасодифий чемпион" деб ҳисоблайди 0 14:28Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 14:07Гимнастикачиларимиз Sofia Cup'да учта медалга эга чиқишди + ФОТО 0 13:46Чендлер UFC 314`даги жангидан кейин яна Макгрегорга "вызов" ташламоқчи 0 13:25Рустам Ассакалов: "Йигитларим билан фахрланаман" 0

10 noy 21:58
Yangiliklar

Sambo

Sambochilarimiz jahon chempionatini 13 ta medal bilan yakunlashdi!

Teglar :  Sambo
8-10 noyabr kunlari Qozog'iston poytaxti Astana shahrida sambo bo'yicha kattalar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Musobaqada dunyoning 80 dan ortiq mamlakatidan 500 nafarga yaqin sportchi medallar uchun kurash olib bordi. 

Uch kun davom etgan jahon chempionati yakuniga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida 4-o'rinni egalladi. 

Umumjamoa hisobida birinchi o'rinni sambo vatani hisoblangan Rossiya mamlakati sportchilardan iborat FIAS 1 jamoasi egalladi. Ikkinchi o'rin esa mezbon Qozog'istonga nasib etdi. Kuchli uchlikka FIAS 2 jamoasi yakun yasadi.

Terma jamoamiz tarkibida quyidagi sportchilarimiz sovrindor bo'lishdi: 

Oltin: 

-58 kg: Ilhom Parmonov 

-59 kg: SHahzoda Azatova (jangovar sambo) 


Kumush: 

-54 kg: Gulsevar O'roqova (jangovar sambo)

-58 kg: Lutfulla Saydamatov 

-64 kg: Sardor Olimjonov 

-80 kg: Mavluda Abdullaeva (jangovar sambo) 

-88 kg: Sohibjon Hasanboev  (jangovar sambo) 

-98 kg: Ozodbek Murotov (jangovar sambo)

-98 kg: O'lmas Raimov (ko'zi ojizlar o'rtasida) 


Bronza: 

-59 kg: Ibodatxon Agajonova

-64 kg: Isoqjon Abdurahmonov (ko'zi ojizlar o'rtasida)

-65 kg: Feruza Boboqulova (jangovar sambo)

+98 kg: Ziyod Hakimboev (jangovar sambo)


Murabbiylar: Roman SHakirov, Ekaterina Bliznecova, Jahongir Karabaev.

Musobaqa davomida hamyurtimiz Islom Adilov bosh hakam o'rinbosari, Ulug'bek Rahmonov, Rustam Adilov, Murodxon To'raev va Oybek Fayzibaev hakam sifatida faoliyat olib bordi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing