So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

14 mar 17:17
Yangiliklar

Boshqalar

Sambochilarimiz jahon kubogida ishtirok etadilar

Teglar :  Sambo
Joriy yilning 22-23 mart kunlari Rossiya poytaxtida sambo bo'yicha jahon kubogi uchun bellashuvlar bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqada O'zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Sambo sporti asoschilaridan biri A.A.Xarlampiev xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan musobaqada Armaniston, Belarus, Vengriya, Venesuela, Germaniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Kuba, Kamerun, Qozog'iston, Koreya, Moldova, Marokash, Niderlandiya, Rossiya, Ukraina, Filippin, Yaponiya kabi jami 21 davlatdan 250 sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.

Erkaklar (52, 57, 62, 68, 74, 84, 90, 100 va +100 kg) va ayollar o'rtasida (48, 52, 56, 56, 60, 64, 68, 72, 80 va +80 kg), shuningdek jangovar sambo (52 gacha, 57, 62, 68, 74, 84, 90, 100 va +100 kg vazn toifalarida) bo'yicha o'tadigan bellashuvlarda bir necha bor jahon va Evropa chempionligini qo'lga kiritgan sport ustalari ishtirok etishadi.

Jahon kubogida Roman SHakirov murabbiyligida quyidagi 9 nafar sportchimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Erkaklar:

- 62 kg: Davlatjon Hamroev

- 68 kg: Timur Xudoyqulov

- 74 kg: Abbos Jalolov

- 90 kg: Nemat Yoqubov

 

Ayollar:

-52 kg: Zuxraxon Mamurjonova

-60 kg: Zarnigor O'rmonova

 

Jangovar sambo:

- 74 kg: Istam Qudratov

– 82 kg: Bekzod Nurmatov

+100 kg: Hakimjon Ismoilov

Malumot uchun, 1983 yilda “A” toifa darajasi berilgan mazkur musobaqa g'oliblariga xalqaro toifada sport ustasi unvoni beriladi. 2009 yildan boshlab “Xarlampiev memoriali” sambo bo'yicha jahon kubogi va superkubogi bosqichlari orasida eng nufuzlisi, deya tan olingan. 2015 yildan esa mazkur turnir ushbu sport turi bo'yicha rasmiy va yagona jahon kubogi hisoblanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing