14 okt 15:46
Yangiliklar
Sambo
Sambochilarimiz Kiprdagi jahon chempionatida 16 ta medal qo'lga kiritishdi
11-13 oktyabr kunlari Kiprning Larnaka shahri sambo bo'yicha yoshlar, o'smirlar va kadetlar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qildi.
Musobaqada dunyoning 33 mamlakatidan 577 nafar yosh sambochi sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bordi.
Ular qatorida O'zbekiston terma jamoasi azolari ham bahslarda ishtirok etishdi va umumiy hisobda 16 ta medal (2 ta oltin, 4 ta kumush va 10 ta bronza) qo'lga kiritishdi.
Qayd etish lozimki, musobaqada o'smirlarimiz umumjamoa hisobida ikkinchi, kadetlarimiz esa uchinchi o'rinni egallashdi. Umumiy hisobda terma jamoamiz azolari jahon chempionatini 4-o'rinda yakunlashdi.
Havola :
Manba : t.me/uzbekistan_sambo
Fikrlar