02 noy 09:29
Yangiliklar
Sambo
Sambochilarimizning mashg'uloti davom etmoqda, ertadan Ukraina va Tojikiston sambochilari ham yig'inga qo'shiladi
Xabar berganimizdek, 12-14 noyabr kunlari Toshkent shahrida sambo bo'yicha kattalar o'rtasida jahon chempionati o'tkaziladi.
Ayni paytda O'zbekiston terma jamoasi ushbu JCHga jiddiy ravishda tayyorgarlik olib bormoqda. Sambochilarimiz musobaqaga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini Toshkent viloyatining CHirchiq shahrida o'tkazishmoqda.
Ertadan ushbu yig'inga Ukraina va Tojikiston terma jamoasi sambochilari ham qo'shilishadi. Yurtimiz mezbonlik qiladigan nufuzli musobaqaga har uch mamlakat sambochilari birgalikda tayyorgarlik ko'rishni maqsad qilishgan.
Havola :
Manba : t.me/uzbekistan_sambo
Fikrlar