31 jan 08:57
        Yangiliklar	
	
				
				    Sambo			    
				 
				
			 
				"Samboda Olimpiya o'yinlari dasturiga kirish uchun barcha imkoniyatlar bor" - Senegal MOQ prezidenti
Senegal Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Mamadu Ndiaye FIAS saytiga bergan intervyusida samboning Olimpiada dasturiga kiritilishi haqida gapirdi. 
			"Ishonamanki, samboda Olimpiya o'yinlari dasturiga kirish uchun barcha imkoniyatlar bor. Bundan tashqari FIAS Xalqaro olimpiya qo'mitasi tomonidan tan olindi. O'yinlar dasturiga yangi sport turlari kiritilmoqda. 2026 yilda Senegal IV yoshlar Olimpiadasini qabul qiladi. Sambo mazkur o'yinlar dasturiga kiritilishi mumkin. Ishlashda davom etish va Xalqaro olimpiya qo'mitasining barcha talablariga javob berish muhim", - dedi Mamadu Ndiaye.
            Havola            :         
                    Manba                : t.me/uzbekistan_sambo
             
			
Fikrlar