26 apr 11:55
Yangiliklar
Tennis

Sanjar Fayziev ham 1/4 finalga yo'llanma oldi
Qarshi shahrida erkak tennischilar o'rtasida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etyapti.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollaridan iborat musobaqaning asosiy to'r bahslarida hamyurtlarimizdan Sanjar Fayziev, Temur Ismoilov va Jo'rabek Karimov birinchi davrada muvaffaqiyatga erishishgandi.
Hozirgina yakuniga etgan ikkinchi davra bahsida turnirda
6-raqam ostida tasniflangan Sanjar Fayziev g'alaba qozonib, birinchilardan bo'lib chorak
finalga yo'l oldi.
Hamyurtimiz 1 soatu 39 daqiqa davom etgan bahsda belaruslik Sergey Betovni 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Fayziev kecha ilk davra uchrashuvida rossiyalik Denis Macukevichdan ikki setda ham bir xil 6:4 hisobida ustun kelgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar