19 avg 09:21
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/3212_220.jpg)
Sanjar Fayziev Minsk turnirida yarim finalga chiqdi
Belarus poytaxti Minsk shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqada ettinchi raqam ostida tasniflangan Sanjar Fayziev yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. U chorak final bahsida turnirning uchinchi raketkasini taslim etdi.
Rossiyalik Markos Kalovelonisga qarshi kechgan uchrashuvda hamyurtimiz raqibini 6:3, 6:0 hisobida dog'da qoldirdi. Bugun Fayziev final chiptasi uchun turnirning birinchi raqamli tennischisi, belaruslik Dmitriy Jirmontga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar