11 noy 16:10
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/5708_220.jpg)
Sanjar Fayziev Mishref turniri finaliga chiqdi
Quvaytning Mishref shahrida sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Ushbu “Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqada terma jamoamiz azosi Sanjar Fayziev ham o'z mahoratini namoyish etyapti. Hamyurtimiz turnirning uchinchi raketkasi sifatida harakat qilmoqda.
Bugun Fayziev yarim final uchrashuvida David Peresga qarshi bahs olib bordi. Ispaniyalik bu tennischi turnirning birinchi raketkasi hisoblanadi. SHunga qaramay, Fayziev kuchli raqibini 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etishning uddasidan chiqdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar