09 noy 15:30
Yangiliklar
Tennis

Sanjar Fayziev Mishref turnirida chorak finalga chiqdi
Quvaytning Mishref shahrida sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Ushbu “Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqada terma jamoamiz azosi Sanjar Fayziev ham o'z mahoratini namoyish etyapti. Hamyurtimiz turnirning uchinchi raketkasi sifatida harakat qilmoqda.
Bugun Fayziev ikkinchi davra uchrashuvida gollandiyalik Paul Montebanga qarshi kortga chiqdi. Ushbu bahsda Sanjar raqibini 6:0, 6:3 hisobida mag'lub etdi. Uning chorak finaldagi raqibi turnirning oltinchi raketkasi franciyalik Ronan Jonkur bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar