10 noy 15:23
Yangiliklar
Tennis

Sanjar Fayziev Mishref turnirida yarim finalga chiqdi
Quvaytning Mishref shahrida sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Ushbu “Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqada terma jamoamiz azosi Sanjar Fayziev ham o'z mahoratini namoyish etyapti. Hamyurtimiz turnirning uchinchi raketkasi sifatida harakat qilmoqda.
Bugun Fayziev chorak final uchrashuvida turnirning oltinchi raketkasi franciyalik Ronan Jonkurga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 15 daqiqa davom etgan bahsda tennischimiz 6:4, 6:2 hisobida g'alaba qozondi.
Endi u final chiptasi uchun David Peresga qarshi bahs olib boradi. Ispaniyalik bu tennischi turnirning birinchi raketkasi hisoblanadi. U bugun oltinchi raketka, yaponiyalik Xiroyasu Exaradan ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar