27 iyu 10:02
Yangiliklar
Tennis

Sanjar Fayziev Pragadagi ishtirokini yakunladi
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Sanjar Fayziev CHexiyaning Praga shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ishtirokini yakunladi.
“CHellenjer” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning sovrin jamg'armasi 43 000 evroni tashkil qiladi. Fayziev turnirning yakkalik bahslaridan so'ng juftlikdagi ishtirokini ham muddatidan avval yakunladi.
Fayziev franciyalik hamkori Maksim Janve bilan birga ilk davrada David Vega va Kayo Zamperi juftligiga 4:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini to'xtatdi.
Malumot uchun, Fayziev yakkalik bahslarining ilk davrasida rossiyalik Roman Safiulinga qarshi kortga chiqib, raqibiga yutqazib qo'ygandi. 19 yoshli Safiulin dunyo reytingida roppa-rosa 400, 22 yoshli Fayziev esa 255-o'rinni egallab turgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar