05 noy 21:25
Yangiliklar
Tennis

Sanjar Fayziev Quvayt turniri vice-chempioniga aylandi
Quvaytning Mishref shahrida mukofot jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnir yakunlandi.
Ushbu “Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqaning yakkalik bahslarida terma jamoamiz azosi Sanjar Fayziev muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Bugun turnirning birinchi raketkasi sifatida harakat qilgan Fayziev hal qiluvchi final uchrashuvida kortga chiqdi. Turnirning ikkinchi raketkasi, avstriyalik Maksimiliyan Neuskritga qarshi kechgan bahsda hamyurtimizga omad kelib boqmadi.
Bir soatu 26 daqiqa davom etgan bahsda avstriyalik raketka ustasi 6:3, 6:4 hisobida zafar quchib, bosh mukoftni qo'lga kiritdi. Fayziev esa vice-chempionga aylandi.
Taqqoslash uchun, Sanjar Fayziev dunyo reytingida 446, Maksimiliyan Neuskrit esa 484-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar