04 noy 15:25
Yangiliklar

Sanjar Fayziev Quvayt turnirida finalga chiqdi
Ushbu “Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqaning yakkalik bahslarida terma jamoamiz azosi Sanjar Fayziev muvaffaqiyatli odimlamoqda.
Turnirning birinchi raketkasi sifatida harakat qilayotgan Fayziev bugun Yarim finalda Fayziev germaniyalik Daniel Altmayerga qarshi bahs olib bordi. Turnirning uchinchi raketkasi bo'lgan Altmayer chorak finalda oltinchi raqam ostida harakat qilgan yaponiyalik Xiroyasu Oxarani 7:6(3), 6:2 hisobida mag'lub etgandi.
Fayziev va Altmayer o'rtasidagi bahs ham uch set davom etdi. Birinchi setni 2:6 hisobida raqibiga boy bergan tennischimiz keyingi setlarda 6:4, 6:3 hisobida zafar quchdi. Uning finaldagi raqibi turnirning ikkinchi raketkasi, avstriyalik Maksimiliyan Neuskrit bo'ladi.
Fikrlar