03 noy 15:30
Yangiliklar
Tennis

Sanjar Fayziev Quvayt turnirida yarim finalga chiqdi
Quvaytning Mishref shahrida mukofot jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Ushbu “Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqaning yakkalik bahslarida terma jamoamiz azosi Sanjar Fayziev muvaffaqiyatli odimlamoqda.
Turnirning birinchi raketkasi sifatida harakat qilayotgan Fayziev bugun chorak finalda turkmanistonlik raqibi Isa Mammetgulievni mag'lubiyatga uchratdi. Garchi Sanjar birinchi setni 5:7 hisobida boy bergan bo'lsada, keyingi ikki setda 6:4, 6:0 hisobida zafar quchdi.
Endi Fayziev yarim final uchrashuvida germaniyalik Daniel Altmayerga qarshi bahs olib boradi. Turnirning uchinchi raketkasi bo'lgan Altmayer bugun chorak finalda oltinchi raqam ostida harakat qilgan yaponiyalik Xiroyasu Oxarani 7:6(3), 6:2 hisobida mag'lub etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar