02 okt 13:26
Yangiliklar
Tennis

Sanjar Fayziev - Shymkent Open turniri g'olibi!
Qozog'istonning CHimkent shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat turnir o'zbekistonlik raketka ustasining g'alabasi bilan yakunlandi.
Shymkent Open turnirining hal qiluvchi final uchrashuvida hamyurtimiz Sanjar Fayziev g'alabaga erishib, bosh mukofot sohibiga aylandi. Turnirning uchinchi raketkasi sifatida harakat qilgan terma jamoamiz azosi final bahsida Vladimir Ivanovni taslim etdi.
Estoniyalik bu tennischi turnirning beshinchi raketkasi edi. Ikki soatu 38 daqiqa davom etgan uchrashuvda Fayziev raqibidan 4:6, 6:3, 6:2 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar