14 apr 17:48
Yangiliklar
Tennis

Sanjar Fayzievga atalgan kun: tennischimiz bugunning o'zida uchta o'yinda g'alaba qozondi
Tennischimiz Sanjar Fayziev CHimkentdagi "Fyuchers" turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Kun hisobidan uchinchi o'yinini o'tkazgan Sanjar juftliklar bahsida finalga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Rossiyalik Ivan Gaxov bilan juftlik hosil qilgan tennischimiz chorak finalda boshqa rossiyalik tennischilardan tashkil topgan juftlik Maksim Ratniuk/Ilya Vasilevlarni 4:6, 6:4, 10:3 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Yarim finalda esa Boris Pokotilov (Rossiya)/Mario Martines (Ispaniya) kabi tennischilar 6:2, 2:6, 11:9 hisobida taslim etildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar