01 fev 07:46
Yangiliklar
Tennis

Sankt-Peterburg. Elena Ostapenko to'xtatildi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tennis bo'yicha nufuzli WTA turniri davom etmoqda.
Dunyoning 22-raketkasi bo'lib turgan Elena Ostapenko St.Petersburg Ladies Trophy turnirining ikkinchi davrasida mag'lubiyatga uchradi. Latviyalik tennischi rossiyalik Anastasiya Pavlyuchenkovaga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Reytingning 32-pog'onasidan joy olgan Elena 1 soatu 24 daqiqa davom etgan uchrashuvda 6:4, 6:4 hisobida zafar quchdi. Endi Pavlyuchenkova chorak final bahsida belgiyalik Isalin Bonaventurdan ustun kelgan gollandiyalik Kiki Bertensga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar