03 fev 10:48
Yangiliklar
Tennis

Sankt-Peterburg (WTA). Kasatkina Australian Open g'olibasini taslim etdi
Rossiyaning shimoliy poytaxti hisoblangan Sankt-Peterburg shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.
Sovrin ajamg'armasi 733 900 dollarni tashkil qiluvchi St. Petersburg Ladies Trophy turnirida birinchi raqam ostida tasniflangan, Avstraliya Ochiq chempionati g'olibasi bo'lgan Karolin Voznyacki chorak final uchrashuvida mag'lubiyat alamini totib ko'rishga majbur bo'ldi.
Daniyalik tennischi 1 soatu 31 daqiqa davom etgan bahsda dunyoning 23‑raketkasi rossiyalik Darya Kasatkinaga 6:7(3), 3:6 hisobida yutqazdi. Turnirning ikkinchi raketkasi latviyalik Elena Ostapenko esa chexiyalik Petra Kvitovaga 0:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Yarim final (Bugun):
Yuliya Gerges (Germaniya, 5) – Petra Kvitova (CHexiya, WC)
Darya Kasatkina (Rossiya, 8) – Kristina Mladenovich (Franciya, 4)
Havola :
Fikrlar