04 iyu 09:35
Yangiliklar

Saralashda mag'lub bo'lgan Saidalo asosiy to'rning 2-davrasiga chiqdi
Musobaqaning saralash bahslarida hamyurtimiz Saidalo Saidkarimov ham ishtirok etayotgandi. Saralashning ettinchi raketkasi bo'lgan vakilimiz ikkinchi bosqichda rossiyalik Bulat Galievni 6:4, 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Hamyurtimiz asosiy to'rga yo'llanma beruvchi uchrashuvda saralashning to'qqizinchi raketkasi rossiyalik Dmitriy Mnushkinga 7:6(4), 6:7(3), 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
SHunga qaramay, turnir tashkilotchilari tennischimizga asosiy to'rda qatnashish huquqini beruvchi imtiyozli yo'llanma taqdim etishdi. Saidalo esa buni oqladi.
U ilk davrada gvatemalalik Vilfredo Gonsalesni 6:4, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Endi Saidkarimov ikkinchi bosqichda rossiyalik Denis Klokka qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar