05 iyu 13:50
Yangiliklar
Saralashda yutqazgan Saidalo asosiy to'rning chorak finalida!
Musobaqaning saralash bahslarida hamyurtimiz Saidalo Saidkarimov ham ishtirok etgandi. Lekin saralashning ettinchi raketkasi bo'lgan vakilimiz asosiy to'rga yo'llanma beruvchi uchrashuvda to'qqizinchi raketka rossiyalik Dmitriy Mnushkinga 7:6(4), 6:7(3), 3:6 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
SHunga qaramay, turnir tashkilotchilari tennischimizga asosiy to'rda qatnashish huquqini beruvchi imtiyozli yo'llanma taqdim etishgandi. Saidalo esa bu ishonchni oqladi va ketma-ket ikkita uchrashuvda g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l oldi.
U ilk davrada gvatemalalik Vilfredo Gonsalesni 6:4, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Hozirgina yakuniga etgan ikkinchi davra bahsida esa rossiyalik Denis Klokdan ustun keldi. Birinchi set 6:4 hisobida hamyurtimiz foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi setning uchinchi geymidan so'ng Klok bahsni davom ettira olmasligini malum qildi.
Fikrlar