12 sen 17:39
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/18950_220.jpg)
Saul Alvares: "Men Golovkinning raqiblarini osonlik bilan nokaut qilardim"
16 sentyabr kuni Las-Vegasda uzoq kutilgan jang bo'lib o'tadi.
O'sha kungi jang oqshomida uchta vazn toifasida Gennadiy Golovkin va sobiq jahon chempioni Saul "Kanelo" Alvareslar o'zaro jang qiladilar.
Meksikalik bokschi jang haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Hozir men bokschi sifatida o'sganman. Menga zalda ishlash, qattiq shug'ullanish va o'rganish yoqadi. Men olg'a intilishda davom etaman va o'z ishimni raqiblarimga nisbatan yaxshiroq qilmoqchiman".
Golovkinning so'nggi raqiblari bilan qanday jang qilgan bo'lardi degan savolga u quyidagicha javob qaytardi: "Juda oson. Men ular bilan ham shunday natija qayd eta olardim. Men uchun bu osonroq bo'lardi", - deydi Alvares.
Havola :
Manba : Allboxing
Fikrlar