03 mar 12:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares va Dmitriy Bivol ilk bor yuzma-yuz kelishdi +FOTO
Supero'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Saul Alvares va yarimog'ir vazn toifasida WBA kamari sohibi Dmitriy Bivol ilk bor yuzma-yuz kelishdi.
Tadbir AQSHning San-Diego shahrida bo'lib o'tdi. Matbuot anjumanida har ikki bokschi jurnalistlarning savollariga javob berishdi va tadbir so'nggida ko'z urishtirish marosimida ishtirok etishdi.
Eslatib o'tamiz, Bivol va Alvares o'rtasidagi jang 7 may kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar