13 okt 08:50
Yangiliklar
Tennis

Sensaciya davom etadimi? Bugun Fayziev 102-raketkaga qarshi kortga chiqadi
Xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida ananaviy “Toshkent CHellenjer” musobaqasi davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 125 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnir kashfiyotiga aylanib ulgurgan hamyurtimiz Sanjar Fayziev bugun yarim final chiptasi uchun kortga chiqadi.
Sanjar ilk davrada shov-shuvli tarzda dunyo reytingida o'zidan 377 pog'ona yuqorida turgan rossiyalik Evgeniy Donskoyni mag'lubiyatga uchratgan edi. Ikkinchi bosqichda ATP reytingida 204-pog'onadan joy olgan qozog'istonlik Aleksandr Needovesov musobaqadan chiqarib yubordi.
Bugun Sanjar Fayziev chorak finalda dunyoning 102-raketkasi, rossiyalik Konstantin Kravchukka qarshi kortga chiqadi. Kravchuk kecha ikkinchi bosqichda Yannik Mertensni 6:2, 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar