30 avg 07:30
Yangiliklar
Tennis

Sensaciya ro'y bermadi, Istomin US Open ilk davrasida Nadalga yutqazdi
Yilning to'rtta nufuzli tennis turniridan biri bo'lgan US Open, yani AQSH Ochiq chempionatining asosiy to'r bahslari boshlandi.
Xabar berganimizdek, qura natijasiga ko'ra mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin birinchi davrada ispaniyalik Rafael Nadalga qarshi kortga chiqishi kerak edi.
Afsuski, sensaciya ro'y bermadi. Turnirda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan Nadal uch set davom etgan uchrashuvda 6:1, 6:4, 6:2 hisobida g'alaba qozondi. Endi Rafa Nadal ikkinchi davrada italiyalik Andreas Seppi bilan to'qnash keladi. Seppi franciyalik Stefan Robertdan 6:2, 3:6, 6:4, 6:3 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar