20 noy 17:15
Yangiliklar
Tennis

Sensaciya! Sabina SHaripova Mumbaydagi turnirni g'alaba bilan boshladi
Tennischimiz Sabina SHaripova Hindistonning Mumbay shahrida bo'lib o'tadigan turnirda ishtirok etishi haqida xabar qilgandik.
U turnirning ilk davrasida rossiyalik Irina Xromachyovaga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 38 daqiqa davom etgan o'yinda Sabina raqibini 2:6, 7:6, 7:6 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi va ikkinchi davraga yo'l oldi.
SHaripova endi ikkinchi davrada Kuvata/Stolar o'yini g'olibiga qarshi bahs olib boradi.
Ertaga u juftlik shuningdek bahslarida Valentina Ivaxnenko bilan birga ilk davra o'yinini o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar