15 avg 15:18
Yangiliklar
Tennis
Serena Uilyams etib keldi, u 116-raketkaga yutqazdi
AQSHning Leksington shahrida tennis bo'yicha Top Seed Open turniri davom etmoqda.
Kutilmaganda musobaqaning chorak finalida sayyoramizning to'qqizinchi raqamli tennis malikasi Serena Uilyams mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Amerikalik 38 yoshli raketka ustasi reytingning 116-pog'onasidan joy olib turgan vatandoshi SHelbi Rojersga yutqazib qo'ydi - 6/1, 4/6, 6/7(5).
Tennischilar kortga 127 daqiqa harakat qilishgan. Bu vaqt ichida Serena 2 ta, 27 yashar SHelbi esa 5 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi edi. Rojers Top Seed Open turnirining yarim finalida shveycariyalik Jil Taykmannga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar