25 avg 19:20
Yangiliklar
Tennis
Serena Uilyams: "Kortdagi har bir o'yin men uchun oxirgisi bo'lsa, qanday qilib yig'lamayman?"
Katta Dubulg'a turnirlarining 23 karra chempioni, jahonning sobiq birinchi raketkasi amerikalik Serena Uilyams 29 avgustdan 11 sentyabrgacha bo'lib o'tadigan US Open turniridagi ishtiroki haqida gapirdi.
Sportchi uchun ushbu turnir uning faoliyatidagi so'ngisi bo'lishi mumkin.
“Bu, albatta, men uchun hissiy lahza bo'ladi. Qanday qilib yig'lamayman? Balki bir necha davradan o'ta olsam, o'zimni yaxshi his qilarman. Avvaliga qiyin bo'ladi deb o'ylayman, chunki kortdagi har bir o'yin men uchun oxirgisi bo'lishi mumkin. Yillar davomida bunday qo'llab-quvvatlash bo'lishini xayolimga ham keltira olmasdim», - deya Uilyamsning so'zlaridan iqtibos keltiradi Eurosport.
Eslatib o'tamiz, «Uimbldon-2022»da 40 yoshli Serena birinchi davradagi to'siqdan o'ta olmadi. U uch setda Franciya vakili Armoni Tanga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar