20 iyu 09:42
Yangiliklar
Tennis
Sevastova Berlin turniri g'olibasiga aylandi
Germaniyaning Berlin shahrida tennis bo'yicha Bett1 Aces Berlin 2 ko'rgazmali turnir yakunlandi.
Ayollar o'rtasidagi turnirning final uchrshuvida biroz kutilmagan natija qayd etildi. WTA reytingida 43-pog'onadan joy olgan latviyalik Anastasiya Sevastova kuchli tennischilarni mag'lubiyatga uchratib, musobaqa g'olibasiga aylandi.
Sevastova final uchrashuvida dunyoning 12-raketkasi chexiyalik Petra Kvitovaga qarshi kortga chiqdi va 3/6, 6/3, tay-brekda 10:5 hisobida g'alaba qozondi. Anastasiya yarim finalda dunyoning beshinchi raqamli tennis malikasi ukrainalik Elina Svitolinadan 6/1,6/1 hisobida ustun kelgan edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar