30 apr 11:01
Yangiliklar
Berlin Millennium Team Cadet European Cup turnirida birinchi bo'lgan qahramonlarimiz munosib kutib olindi
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida muzaffar dzyudochilarimiz tantanali ravishda kutib olindi. Aurelian-CHiprian Flis bosh murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan Berlin Millennium Team Cadet European Cup turnirida 4 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan 35 davlat orasida umumjamoa hisobida 1-o'rinni band etgandi.
Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 g'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medallar
-48 kg: CHaros Hikmatova
-57 kg: Zuhra Alimova
-60 kg: Abubakr Sattorov
-81 kg: Samandar Sunnatov
Kumush medallar
-50 kg: Mamurjon Abduvahobov
-60 kg: Davlatbek Ahrorov
Bronza medallar
-40 kg: Iroda Sirojiddinova
-44 kg: Dilafruz Boltaboeva
-55 kg: Bobur Yusupov
-66 kg: Akromjon Karimov
-73 kg: Behruzbek Usmonov
Endi kadetlarimiz qisqa muddatli tanaffusdan so'ng yilning asosiy musobaqalari - Jahon va Osiyo chempionatlariga tayyorgarlikni boshlashadi.











Fikrlar