27 apr 18:17
Yangiliklar
Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026. 35 davlat orasida 11 ta medal bilan 1-o'rinni egalladik!
Ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan Berlin Millennium Team Cadet European Cup turnirida Aurelian-CHiprian Flis bosh murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Evropa Kubogidagi kuchli raqobatga qaramay, kadetlarimiz 4 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan 35 davlat orasida umumjamoa hisobida 1-o'rinni band etishdi.

Franciya, Ozarbayjon, Turkiya, Italiya, Germaniya, Gruziya singari dzyudosi rivojlangan davlatlar ortda qoldirildi. Germaniya zaminida 4 marotaba O'zbekiston davlat madhiyasi yangradi. Final dasturi bellashuvlarini bevosita arenadan O'zbekistonning Germaniyadagi favqulodda va muxtor elchisi Dilshod Ahatov kuzatib borgani ham etiborga molik holat.

SHu yil mart oyida Turkiyaning Antaliya shahrida o'tgan Millennium Team Cadet European Cup 2026 turnirida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 3 ta oltin, 4 ta kumush, 5 ta bronza, jami 12 ta medal qo'lga kiritgan edi. Berlin turnirida chempion bo'lgan CHaros Hikmatova Antaliyada ham oltin medal bilan taqdirlangandi.
Albatta, bu muvaffaqiyatlar zamirida Aurelian-CHiprian Flis boshchiligidagi murabbiylarimizning xizmat va hissasi katta bo'lmoqda.

Fikrlar