29 iyu 10:38
Yangiliklar
Tennis
Sevastova bosh sovrinni o'z mamlakatida olib qoldi
Dunyoning 11-raketkasi Anastasiya Sevastova Yurmala shahrida yakunlangan turnirda bosh sovrin sohibasiga aylandi.
Latviyalik tennis malikasi final uchrashuvida WTA reytingining 194-pog'onasidan joy olgan polshalik Katajina Kavaga qarshi kortga chiqdi. Nastya 2 soatu 9 daqiqa davom etgan bahsda raqibasini qiyinchilik bilan mag'lub etdi - 3/6, 7/5, 6/4.
Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi edi. Baltic Open turniridagi ushbu muvaffaqiyatli ishtirok 29 yoshli Sevastovaga 280 reyting ochkosi hamda 34 677 evro miqdoridagi mukofot pulini taqdim etdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar