10 okt 11:44
Yangiliklar
Tennis
Shanghai Masters. Zverev raketkasini g'ilofiga soldi
Dunyoning uchinchi raketkasi Aleksandr Zverev tennis bo'yicha SHanxay "Masters" turniridagi ishtirokini erta yakunladi.
Germaniyalik tennischi ATP reytingida 66-pog'onada borayotgan belgiyalik David Goffinga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 4/6, 5/7. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi - 4:4.
Bir soatu 56 daqiqa davom etgan bahsda Zverev 8, Goffin 3 ta eys zarbani amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 2 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar bo'yicha ustunlik Goffin tomonida bo'ldi - 4 ga 2. Endi u Rolex Shanghai Masters 1/4 finalida amerikalik Teylor Fritcga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar