15 okt 12:20
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/4885_220.jpg)
SHanxay (ATR). Marrey, Jokovich, Sok va Simon yarim finalda
Xitoyning SHanxay shahrida tennis bo'yicha “Masters” seriyasiga kiruvchi nufuzli turnirda chorak final uchrashuvlari o'tkazildi.
Sovrin jamg'armasi 7 655 640 dollarni tashkil etuvchi turnirning birinchi raketkasi serbiyalik Novak Jokovich germaniyalik Misha Zverevga qarshi bahsda irodali g'alabani qo'lga kiritdi.
SHuningdek, yarim finalga ispaniyalik Roberto Bautista-Agut, britaniyalik Endi Marrey hamda franciyalik Jil Simonlar yo'l olishdi.
1/4 FINAL
Roberto Bautista-Agut (Ispaniya, 15) – Jo-Vilfrid Tsonga (Franciya, 9) – 6:3, 6:4
Novak Jokovich (Serbiya, 1) – Misha Zverev (Germaniya) – 3:6, 7:6 (4), 6:3
Endi Marrey (Buyuk Britaniya, 2) – David Goffen (Belgiya, 11) – 6:2, 6:2
Jil Simon (Franciya) – Jek Sok (AQSH) – 4:6, 6:4, 7:6 (5)
Havola :
Fikrlar