27 okt 19:48
Yangiliklar
Futbol

"SHanxay SIPG" g'alaba qozondi, endi "Guanjou Evergrand" bilan farq bor-yo'g'i 1 ochko
"SHanxay SIPG" Xitoy chempionatining 27-turida "Dalian Ifan" klubini qabul qildi.
Uchrashuv "SHanxay SIPG"ning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Gollarga SHenglong Li, Jou Ting (avtogol) va Oskar mualliflik qilishdi. SHanxayliklar sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Odil Ahmedov ushbu bahsda to'liq ishtirok etib, jamoasining g'alabasiga katta xissa qo'shdi.
Turnir jadvalida etakchilik qilayotgan "Guanjou Evergrand" joriy turda "Xenan Czyane"ni qabul qildi va 2:2 hisobida durang qayd etdi.
SHunday qilib, 2-o'rinda ketayotgan "SHanxay SIPG" musobaqa jadvalidagi etakchiga maksimal darajada yaqinlashib oldi. Endi ular orasidagi farq bor-yo'g'i 1 ochko.
Havola :
Fikrlar