20 may 19:01
Yangiliklar
Futbol
"SHanxay SIPG"da g'alaba, Odil Ahmedov qo'shimcha vaqtda almashtirildi
O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Odil Ahmedov to'p tepayotgan "SHanxay SIPG" jamoasi Xitoy Superligasining 11-turida "Czyansu Saynti"ga qarshi o'yin o'tkazdi.
Bahsda "SHanxay SIPG" - 2:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yindagi gollarga 48-daqiqada Li Vu hamda 90-daqiqada Oskar mualliflik qildi. Odil Ahmedov asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalarda o'z o'rnini Jungang Sunga bo'shatib berdi.
Havola :
Fikrlar