03 fev 13:18
Yangiliklar
Tennis

SHapovalov Nadalni mag'lub etish siri haqida gapirdi
Kanadalik tennischi Denis SHapovalov Monreal-2017 turnirida Rafael Nadal ustidan qozonilgan g'alabasi haqida gapirib berdi.
"Agar Rafani mag'lub etmoqchi bo'lsangiz, kutib o'tirish umuman mumkin emas. Bunday holatda u kortda sizga bosim o'tkaza boshlaydi. Agar uning xato qilishini kutsangiz mag'lub bo'lishga tayyor turavering. Men o'zimga so'z bergandim, xatto mag'lub bo'lsam ham maksimal ravishda hujumkor o'yin ko'rsatib, taslim bo'lmaslik kerak edi.
G'alabadan so'ng tribunada katta shovqin ko'tarilgandi. Menimcha bu faoliyatim davomidagi eng ajoyib atmosfera edi", - dedi Denis SHapovalov.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar