01 okt 10:40
Yangiliklar
Tennis

SHarapova 3 soatdan oshiq davom etgan bahs g'olibasi bo'ldi
Xitoy poytaxti Pekin shahrida tennis bo'yicha nufuzli China Open turnirining asosiy to'r bahslari start oldi.
Rossiyalik tennis malikasi Mariya SHarapova kichik jarohatdan so'ng yana kortga qaytdi. Dunyo reytingida 104-o'rinni egallab turgan SHarapova ilk davrada dunyoning 18-raketkasi latviyalik Anastasiya Sevastovaga qarshi kortga chiqdi.
Uch soatu 6 daqiqa
davom etgan uchrashuvda rossiyalik tennischi 7:6(3), 5:7, 7:6(7) hisobida g'alaba
qozonib, ikkinchi davraga yo'llanma oldi. SHarapova bahs mobaynida 11 ta eys
zarbasini berishga muvaffaq bo'ldi. Bu uning diskvalifikaciyadan qaytganidan
keyingi eng uzoq davom etgan uchrashuviga aylandi.
Havola :
Fikrlar