31 avg 12:40
Yangiliklar
Tennis

SHarapova aprel oyidan beri ilk marotaba ketma-ket ikkita o'yinda g'alaba qozondi
Rossiyalik tennischi Mariya SHarapova AQSH ochiq chempionatining ikkinchi davrasida vengriyalik Timea Baboshni mag'lubiyatga uchratdi.
SHu tariqa, Mariya aprel oyidan beri ilk marotaba ketma-ket ikkita o'yinda g'alaba qozondi. Aprelda u so'nggi marotaba SHtutgartda yarim finalga etib borganida shunday natijani qayd etgandi.
Takidlab o'tish lozimki, yozda SHarapova faqatgina bitta o'yin o'tkazgandi. SHundan so'ng u jarohati sabab boshqa o'yinlarda ishtirok eta olmagan.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar