04 sen 14:30
Yangiliklar
Tennis

SHarapova AQSH ochiq chempionatidagi mag'lubiyatidan so'ng qanday fikrda?
Rossiyalik tennischi Mariya SHarapova AQSH ochiq chempionatining 1/8 finalida latviyalik Anastasiya Sevastovaga yutqazganidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Mag'lubiyatda o'zim aybdorman. Ikkinchi va uchinchi setlarda agressiv harakat qila olmadim. Raqibim ko'p o'yin o'tkazgandi. Uning o'yinida rang-baranglik bor. Afsuski, men o'zim unga kortda ustunlik qilishga imkoniyat yaratib berdim.
Sir emas, turnir oldidan kam o'yin o'tkazgandim va mashg'ulotlarda ham odatdagidan kamroq harakat qilgandim. Mag'lubiyatdan albatta hafaman. Lekin, hafta yaxshi o'tdi", - deydi SHarapova.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar