24 apr 12:14
Yangiliklar
Tennis

SHarapova: "Faqat o'yin haqida emas, biznes haqida ham o'ylash kerak"
Rossiyalik tennischi Mariya SHarapova o'yinlarga qaytganidan keyingi bir yili haqida gapirib berdi.
"Diskvalifikaciyadan so'ng ko'p narsa kutmagandim. Mening yoshimda bunday tanaffuslar qiyin bo'ladi. Bu vaqt ichida men dam oldim va davolandim. Ammo, musobaqalarga tushib olishim uchun ritm etishmadi. Jismoniy holatni tiklashga to'g'ri keladi, buning uchun vaqt kerak.
Rossiyadagi jahon chempionatini tomosha qilgani boramanmi? Menimcha yo'q. CHunki, taqvim rejamga to'g'ri kelmayapti. Men nafaqat o'yinlar, balki biznes haqida ham o'ylashim kerak", - dedi SHarapova.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar