08 mar 10:59
Yangiliklar
Tennis

SHarapova Indian-Uells turnirining ilk davrasidayoq yutqazdi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda AQSHning Indian-Uells shahrida nufuzli turnir davom etmoqda.
Rossiyalik Mariya SHarapova musobaqaning ilk davrasidayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rishga majbur bo'ldi. U yaponiyalik Naomi Osakaga yutqazib qo'ydi.
Bir soatu 35 daqiqa davom etgan bahsda dunyo reytingida 44-o'rinni egallab turgan Kunchiqar yurt vakilasi 6:4, 6:4 hisobida zafar quchdi. SHarapova esa WTA reytingida 41-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Fikrlar