27 apr 10:41
Yangiliklar
Tennis
SHarapova karantin qoidalarini buzganlikda ayblanyapti
Dunyoning sobiq birinchi raqamli tennis malikasi Mariya SHarapova yana omma etiboriga tushdi.
Yaqindagina faoliyatini yakunlagan rossiyalik tennischini mavjud karantin qoidalariga amal qilmaganlikda ayblashyapti. SHarapova va uning "boyfrendi" Aleksandr Gilks do'stlari bilan bazm uyushtirishgan.
Ular Los-Anjelesdagi uylardan birining balkonida paparaccilar obektiviga tushib qolgan, deb xabar bermoqda The Sun nashri.
Bu bilan Mariya SHarapova AQSHdagi karantin qoidalarini buzgan. Qoida bo'yicha odamlar orasidagi masofa kamida 2 metr bo'lishi shart.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar